AsosiyDunyo

Ertadan O`zbekistonda havo harorati yana ko`tarilishi kutilmoqda

'Ertadan O`zbekistonda havo harorati yana ko`tarilishi kutilmoqda'ning rasmi

Ertaga, 17 avgust kuni O`zbekiston bo`ylab havo harorati bir necha kun oldingi kunlarga nisbatan ko`tariladi. Harorat o`rtacha 35-39 daraja issiq bo`ladi. Bu haqda respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar