Turkiya Texnologiyalar jamoat fondi, Sanoat va texnologiyalar vazirligi, shuningdek, Prezident investisiya boshqarmasi boshchiligida o`tkaziladigan “Take Off” startap sammiti uchun arizalar qabul qilishni boshladi.
Turkiya va xorij tadbirkorlik ekotizimidan ishtirokchilarni birlashtirib, tadbirkorlik ekotizimiga hissa qo`shish va Turkiyani bu sohadagi tadbirkorlar va investorlar uchun e`tibor markaziga aylantirishni maqsad qilgan sammit, bu yil mahalliy startaplar uchun yarim final Anqara va Izmirda bo`lib o`tadi. Mahalliy tashabbuskorlar bilan bir qatorda xalqaro ishtirokchilarga ham qaratilgan yakuniy tadbir 2023 yilning dekabr oyida Istanbulda bo`lib o`tadi.
“Take Off” startap sammitining boy dasturi davra suhbatlari, sohaga oid nutqlar va startap taqdimotlarini o`z ichiga oladi. Shu bilan birga, potensial hamkorlik uchrashuvlari uchun investorlar, muassasalar va tadbirkorlar uchun yakkama-yakka uchrashuv maydonlari taqdim etiladigan sammitda ishtirokchilar uchun xususiy tadbirkorlik seminarlari va xalqaro aloqa imkoniyatlarini taqdim etadi. Take Off mintaqadagi eng keng qamrovli tadbirkorlik sammiti bo`lib, u har yili 100 dan ortiq davlatdan minglab arizalarni qabul qiladi, 600 dan ortiq tadbirkor, 400 dan ortiq murabbiy va investorlar hamda 140 ta ma`ruzachilarni qabul qiladi. 2018 yildan shu kungacha sammitda jami 1700 nafar tadbirkor-murabbiy uchrashuvlari o`tkazildi.
“Pre-Take Off”da umumiy pul mukofoti 2 million 250 ming TL (*83 000 AQSh dollari)
“Pre-Take Off”da o`tkaziladigan oldindan baholash taqdimotlarida o`z toifalarida birinchi o`rinni egallagan tadbirkorlar jami 2 million 250 ming lira yordam olish huquqiga ega bo`ladi. Finalga chiqqan tashabbuskorlar “Take Off Istanbul”da bosh sovrinni qo`lga kiritish uchun kurashadi. O`z tadbirkorlariga pul mukofotidan tashqari:
- “Pre-Take Off”da va Istanbulda stend ochish;
- “Pre-Take Off” nominasiyasida g`olib bo`lgan pre-mvp tadbirkorlari uchun 75.000 TL;
- “Pre-Take Off” nominasiyasida g`olib bo`lgan mvp (yuqori daromad keltiradigan mahsulot) tadbirkorlari uchun 150.000TL;
- Istanbulda bosh sovrin;
- B2B muzokaralari;
- Mutaxassis suhbatlari;
- Investision uchrashuvlar;
- Tadbirkorlik ekotizimida ishtirok etish;
- Nufuzli ma`ruzachilarni tinglash va konferensiyalarda qatnashish imkoniyati taqdim etiladi.
Take Offstartap sammiti haqida batafsil ma`lumot va ariza uchun www.takeoffistanbul.comsaytiga tashrif buyurishingiz mumkin.






