AsosiyJamiyat

O`zbekistonda benzin narxi yana oshdi

'O`zbekistonda benzin narxi yana oshdi'ning rasmi

 "O`zbekneftgaz" AJga qarashli UNG Petro yonilg`i quyish shoxobchalarida Ai-92 benzinining bir litri  8600 so`mdan 9200 so`mga oshdi. Bu haqda sobiq deputat Rasul Kusherbaev xabar berdi.

Ma`lumot uchun, bu o`tgan o`n besh kun ichida benzin narxi 1700 so`mga oshganligini anglatadi.

"Yoqilg`i narxining bunday keskin ko`tarilishi boshqa soha va tarmoqlarda ham narx oshishiga olib kelishi tabiiy. Shu bois, mas`ullardan bu bo`yicha izoh kutamiz", deydi Rasul Kusherbaev.

    Boshqa yangiliklar