Buyuk Britaniyada Bolgariyaning uch fuqarosi Rossiya foydasi uchun josuslik qilayotganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Ta`kidlanishicha, qo`lga olinganlar fevral oyidan buyon hibsda saqlanmoqda. Ular ustidan sud 2024 yil yanvar oyida Londonda boshlanadi.
“Buyuk Britaniyada Rossiya foydasiga ishlagan uch josus qo`lga olingan, ularga milliy xavfsizlik masalalari bo`yicha olib borilayotgan yirik qidiruv ishlari doirasida ayb qo`yilgan”, – deyiladi Bi-bi-Si teleradio korporasiyasi tarqatgan xabarda.
Xabarda ta`kidlanishicha, qo`lga olinganlar Bolgariya fuqarosi hisoblanadi, lekin ko`p yillardan buyon Buyuk Britaniyada istiqomat qilgan.
Hukumatning ta`kidlashicha, bolgariyaliklar Rossiya maxsus xizmatiga ishlab kelgan. Ular qalbaki hujjatlarni saqlaganlikda ayblanmoqda, deyiladi ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarda. Tarqatilgan ma`lumotlarga ko`ra, gap Britaniya, Bolgariya, Italiya, Ispaniya va boshqa davlatlarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari haqida bormoqda.






