Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.Yu. fuqaro Q.I.ni 12 000 AQSh dollari evaziga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishni va`da qilib, oldindan 48 mln so`m va 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek O.Yu. muqaddam 2 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborish evaziga 4 800 AQSh dollari va 88 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
16.08.2023 13:28
Surxondaryoda xorijga ishga yuborishni va`da qilgan shaxs ushlandi






