Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im bekor qilinadi. Prezident farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o`zgartirishlar kiritildi. Unga ko`ra:
2024 yil 1 yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;
2024 yil 1 yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga o`zgartirish kiritiladi;
2025 yil 1 yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig`im bekor qilinadi.
Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:
2023 yil 1 oktyabrgacha tovarlarni import qilish uchun lisenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) bo`yicha;
2024 yil 1 yanvargacha transport xarajatlarini kompensasiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo`yicha;
2023 yil 1 noyabrgacha tovarlarni «eksport» va «import» bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig`imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish bo`yicha.






