“Paxta xomashyosini etishtiruvchilar uchun qo`shilgan qiymat solig`ini to`lash hamda hisobga olish muddatlarini muvofiqlashtirish to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda
Qarorga ko`ra:
- 2023 yil hosilidan paxta-to`qimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi to`liq elektron tarozi orqali qabul qilinadi;
- QQSni paxta xomashyosi bo`yicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha to`lash va hisobga olishga ruxsat etiladi;
- 2026 yil 1 aprelgacha paxta-to`qimachilik klasterlari va qishloq xo`jaligi korxonalari (fermer xo`jaliklari) o`rtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- paxta-to`qimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar o`z muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS to`lovchisi hisoblangan qishloq xo`jaligi korxonalari (fermer xo`jaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda bo`lib-bo`lib to`lash huquqi beriladi;
- paxta-to`qimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun elektron hisobvaraq-fakturada ko`rsatilgan QQS summasini qishlok xo`jaligi korxonalari (fermer xujaliklari) tomonidan QQS byudjetga to`lab berilganidan so`ng hisobga olishga ruxsat etiladi.
QQSni bo`lib-bo`lib to`lash va hisobga olishning avtomatlashtirilgan dasturi ishga tushiriladi.
2023 yil 5 sentyabrgacha hududlar va klasterlar kesimida paxta xomashyosini yig`ib olish bilan bog`liq ma`lumotlar shakllantiriladigan axborot tizimi ishga tushirilib, 2023 yil 15 sentyabrdan “Agroplatforma” axborot tizimiga integrasiya qilinadi.






