AsosiyJamiyat

O`zbekistonda aholining suvdan qarzdorligi 1,3 trln so`mga etdi

'O`zbekistonda aholining suvdan qarzdorligi 1,3 trln so`mga etdi'ning rasmi

Respublika bo`ylab iste`molchilarning ichimlik suvi va oqova xizmatlardan debitor qarzdorligi 1 trln 369 mlrd so`mni tashkil etmoqda. Bu haqda "O`zsuvta`minot" AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, bugungi kunda respublikada iste`molchilarning debitor qarzdorligi 1 trillion 369 milliard so`mni  tashkil etmoqda. Shundan jismoniy iste`molchilarning qarzdorligi 1 trillion 165 milliard so`mni tashkil etsa, 204 milliard so`mlik qarzdorlik yuridik iste`molchilarning hissasiga to`g`ri kelyapti.

Shuningdek, bugungi kunga qadar debitor qarzdorliklarni qisqartirish bo`yicha sudlarga jami 13 873 ta 71 milliard 523 million so`mlik da`vo arizalar kiritilgan. Shundan 5 761 ta ariza yuzasidan 45 milliard 168 million so`m undirilishi bo`yicha sud tomonidan qaror qabul qilgan.

Sudlarga Respublika bo`yicha eng ko`p da`vo arizalari Toshkent shahri va Toshkent viloyati suv ta`minoti korxonalari tomonidan chiqarilgan bo`lib, har bir hududdan 4 236 tani tashkil etadi.

Bundan tashqari, MIBga 31 milliard 37 million so`mlik 5 897 ta ijro varaqalari berilgan bo`lsa, shundan 3 292 ta ariza ishining 14 milliard 991 million so`mlik mablag`lari undirilgan.

    Boshqa yangiliklar