Avvalroq, Dog`istonda yoqilg`i quyish shoxobchasida portlash sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o`tamiz, portlash oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo`lgan, 102 kishi jarohatlangan. Shuningdek, respublikada 15 avgust motam kuni deb e`lon qilindi.
Telegramlardagi so`nggi xabarlarga ko`ra, ushbu portlashda bir nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`lgan. U 1990 yilda tug`ilgan N.R. ekani aytiladi. O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu borada hozircha rasmiy ma`lumot e`lon qilgani yo`q.






