AsosiyJamiyat

Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi

'Talabalarni yotoqxonaga joylashtirish faqat DXM va my.gov.uz orqali amalga oshiriladi'ning rasmi

Hukumat qarori  bilan Davlat oliy ta`lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga ko`ra: 
- davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yo`li bilan amalga oshiriladi. 

Bunda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to`lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 
- talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq to`lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikasiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qo`yiladi.

 2023/2024 o`quv yilida:

- 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo`li bilan amalga oshiriladi. 

Arizalar 20 avgustdan qabul qilinadi.

- 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an`anaviy tarzda amalga oshiriladi. 

Bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023 yil 25 avgustgacha topshiriladi.

 2024/2025 o`quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi. 

Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish har yili 1 avgustdan boshlanib, o`quv yili yakunigacha davom etadi.

 Reglamentga muvofiq, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.

 Shunga ko`ra, talabalar turar joyiga joylashish uchun yo`llanma dastlab imtiyozli ro`yxat, so`ng umumiy ro`yxatdagi navbat bo`yicha avtomatik shakllantiriladi.  
 

    Boshqa yangiliklar