AsosiyJamiyat

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakiliga o`rinbosar saylandi

'Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakiliga o`rinbosar saylandi'ning rasmi

Bekzod Narimanov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili o`rinbosari etib saylandi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qonunchilik palatasining 15 avgust kuni bo`lib o`tgan navbatdagi majlisida deputatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) o`rinbosarini saylash to`g`risidagi masalani ko`rib chiqdi.

Majlisda Bekzod Narimanovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) o`rinbosari lavozimiga saylash tavsiya etildi.

Deputatlar muhokamalardan so`ng uning nomzodini Oliy Majlis Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) o`rinbosari lavozimiga sayladi va mazkur qaror Senatga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar