AsosiyJamiyat

Samarqandda o`z to`yida manyovr qilgan kuyovga qonuniy chora ko`rildi (video)

'Samarqandda o`z to`yida manyovr qilgan kuyovga qonuniy chora ko`rildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitlar yo`l harakati qoidalarini qo`pol ravishda buzib harakatlangani aks etgan video tarqaldi.

 IIV Axborot xizmatining xabar berdi.

Ushbu holat Samarqand viloyatida yuz bergani ma`lum bo`ldi.

Aniqlanishicha, manyovr qilgan yigitlarning ichida o`sha kuni to`yi bo`layotgan kuyov ham bo`lgan. U to`y kuni o`rtoqlari bilan shoshmashosharlik qilib, keskin harakatlar sodir qilgan.

Ta`kidlanishicha, haydovchilarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar