AsosiyJamiyat

Rossiyada onasi vafot etgan 9 yoshli qiz O`zbekistonga qaytarildi

'Rossiyada onasi vafot etgan 9 yoshli qiz O`zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Onasi vafot etgach Rossiyada yolg`iz qolib ketgan 9 yoshli qiz O`zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xorazmlik ayol voyaga etmagan farzandi bilan joriy yilning iyun oyida ishlash maqsadida Rossiya Federasiyasining Krasnodar o`lkasiga boradi. Ona qishloq xo`jaligi sohasida noqonuniy ishlash jarayonida ehtiyotsizligi va baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi.

Marhum jasadi uning qarindoshlari tomonidan O`zbekistonga olib kelingan, ammo hujjatlardagi muammo sabab farzandi Rossiyada qolib ketadi.

Ushbu masalada qarindoshlarining Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga murojaati asosida Agentlikning Krasnodardagi vakili hamda Xorazm viloyati filiali hamkorligida vafot etgan fuqaroning 2014 yilda tug`ilgan farzandi G.B. tog`asi X.B. hamrohligida Xorazm viloyati Gurlan tumaniga olib kelindi», deyilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar