Kecha, 14 avgust kuni soat taxminan 07:00 atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumani xududidan kesib o`tuvchi "Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo`lining 25-km.da yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.
Ma`lum bo`lishicha, 1992 yilda tug`ilgan haydovchi K.X. "Matiz" rusumli transport vositasida "Olmaliq-Toshkent" yo`nalishi bo`ylab harakatlanib ketayotgan bo`lgan. Natijada, o`zi bilan bir yo`nalishda ketayotgan J.S. boshqaruvidagi "Sinoturk" rusumli yuk avtomobilining orqa qismiga borib urilib, yo`l transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur YTH oqibatida "Matiz" rusumli avtomashina haydovchisi K.X. olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






