AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning ba`zi joylarida havo harorati 22 darajaga tushadi

'Ertaga O`zbekistonning ba`zi joylarida havo harorati 22 darajaga tushadi'ning rasmi

Ertaga, 15 avgust kuni Respublika bo`ylab kunduzi 36 darajagacha issiq, kechasi esa 21 darajagacha iliq bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda O`zgidromet xabar berdi. 

Unga ko`ra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar