AsosiyJamiyat

Toshkentda jurnalistlarni kaltaklagan “Ko`prikqurilish” korxonasi xodimi ishdan bo`shatildi

'Toshkentda jurnalistlarni kaltaklagan “Ko`prikqurilish” korxonasi xodimi ishdan bo`shatildi'ning rasmi

Toshkentdagi aeroport yaqinidagi ko`prik qulashi bo`yicha reportaj tayyorlash uchun borgan markaziy telekanallardan birining jurnalisti va operatori qurilishga mas`ul shaxslardan biri tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergan edik. 

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati OAV vakillariga zo`ravonlik ko`rsatib, ularga qarshi kuch ishlatgan xodim - “Ko`prikqurilish” tresti unitar korxonasi 67-Ko`prikqurilish otryadi ish boshqaruvchisi N.Eshniyazovning ishi ni keskin  qoralaydi. Bu haqda tashkilotning rasmiy munosabatida so`z boradi. 

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan zudlik bilan ishchi guruh tuzilib, bugunning o`zida N.Eshniyazov  Mehnat kodeksining tegishli bandlariga asosan ishdan bo`shatilgan.  

"“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati holat yuzasidan huquq-tartibot organlari qonunchilik normalariga asosan tegishli choralar ko`rishini qo`llab-quvvatlaydi", deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar