UzAuto Motors avtomobillarga shartnoma tuzilgandan keyin 3 oy ichida egalariga etkazib berilishini ma`lum qildi
UzAuto Motors axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 4 avgust kunidan boshlab deyarli 51 mingga yaqin Chevrolet Cobalt, Lacetti, Labo va Damas avtomobillari uchun shartnomalarga to`lov amalga oshirilgan.
"Kompaniya ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimini joriy etganligi sabab, tuzilgan shartnomalar bo`yicha barcha avtomobillar 2023 yilda o`z egalariga topshiriladi. Keyinchalik bu muddat 3 oydan oshmaydi", — deyiladi rasmiy munosabatida.
Qayd etilishicha, kutish vaqtining uzayib ketishiga yo`l qo`ymaslik uchun 2024 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar kontraktasiyasi haqida keyinroq kompaniya rasmiy sahifalarida e`lon qilinadi.






