AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda fuqaro tanish qizining shaxsiy rasmlarini tarqatmaslik uchun pul talab qildi

'Qashqadaryoda fuqaro tanish qizining shaxsiy rasmlarini tarqatmaslik uchun pul talab qildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.N. “M.A.” ismli qizning shaxsiy foto va video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 400 AQSh dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-3-moddasi (shaxsning sha`nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma`lumotlarni oshkor qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar