Joriy yilning 13 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Ko`kdala tumanida yangi qurib bitkazilayotgan choyxonada yong`in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, kecha, 13 avgust kuni soat 21:22 larda Ko`kdala tumani FVB dispetcherlik xizmatiga tuman hududidagi “Xo`jaobod” MFY hududida joylashgan yangi qurib bitkazilgan choyxonada yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko`ra, yong`inga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, soat taxminan 21:25 larda voqea joyiga etib borgan va soat taxminan 22:30 larda to`liq o`chirilgan.
Yuzaga kelgan yong`in tufayli tadbirkor S. T. ga qarashli choyxona binosining 260 metr kvadrat maydoni – ichki va tom qismi yonib zararlangan.
Yong`in oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar yo`q, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






