AsosiyDunyo

Tramp prezidentlik saylovida Baydenni mag`lub etishga ishonch bildirdi

'Tramp prezidentlik saylovida Baydenni mag`lub etishga ishonch bildirdi'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Jo Baydenni mag`lub etish imkoniyati 100 foizga yaqin ekanligiga ishonishini aytdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Tramp, shuningdek, respublikachilar orasida u bilan raqobatlasha oladigan hech kimni ko`rmayotganini aytdi.

AQShda prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabriga belgilangan. Tramp 2022 yil noyabrida prezidentlik uchun kurashga kirishishini e`lon qildi. Bayden esa aprel oyida saylov kampaniyasi veb-saytini ishga tushirish orqali ikkinchi muddatga nomzodini qo`yishini rasman e`lon qildi. Agar u qayta saylanishga muvaffaq bo`lsa, ikkinchi prezidentlik muddati boshida u 82 yoshga to`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar