AsosiyJamiyat

Xorazmga Xitoydan 100 ta avtobus keltiriladi

'Xorazmga Xitoydan 100 ta avtobus keltiriladi'ning rasmi

Xorazmda yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi «Bunyodyo`lovchitashish» MChJ Xitoyning  «Zhongtong Bus Holding Co.,Ltd.» zavodi bilan shahar yo`nalishlari uchun 100 ta avtobus sotib olish bo`yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig`i R.Babaev tashabbuskor tadbirkorlar bilan birgalikda XXRda xizmat safarida bo`lib turibdi.

Xizmat safari davomida Xitoy kompaniyasi faoliyati bilan tanishib, sotib olinadigan avtobuslarni etkazib berilishi, mazkur avtobuslarga servis xizmati ko`rsatish va doimiy hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish yuzasidan zavod vakillari bilan uchrashuv o`tkazildi. Uchrashuvda, shuningdek, yana bir qator kelishuvlarga ham erishilgan.

Shartnomaga ko`ra, avtobuslar joriy yilning yakuniga qadar Xorazmga olib kelinishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar