AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi

'Ertaga O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

"O`zgidromet" 14 avgust kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 14-16°, kunduzi 29-31° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo`ladi.  

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo`ladi.  

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 30-35° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`OLDI VA TOG`LI HUDUDLARIDA

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 17-22° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar