Jizzax viloyati Zomin tumanida 7 yoshli qiz elektr simiga osilib halok bo`ldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Voqea Jizzax viloyatining Zomin tumani Pishag`ar qishlog`ida joriy yilning 25 iyul kuni soat 18:30 lar atrofida sodir bo`lgan.
Yosh bolaning bo`yi bemalol etadigan elektr simiga o`ynab osilgan qizchani tok 20-25 daqiqalar atrofida ushlab qolgan. Marhum qizaloqning bobosining aytishicha, falokatdan keyin bir necha kungacha mas`ullar tomonidan na simlar, na simyog`ochlar tartibga keltirilmagan.






