AsosiyDunyo

​“Omikron”ning EG.5 subvarianti 51 davlatda ro`yxatga olindi - JSST

'​“Omikron”ning EG.5 subvarianti 51 davlatda ro`yxatga olindi - JSST'ning rasmi

Avvalroq Hindiston va Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutasiyasi — EG.5 subvarianti tarqalayotgani xabar qilingan edi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida Eris deb nomlangan mazkur versiya boshqa mamlakatlarda ham qayd etilayotgani haqida ma`lumot berildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, EG.5 ayni paytgacha 51 davlatda aniqlandi. Ular qatorida AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya ham bor.

JSST rahbari Tedros Gebreyesus so`zlariga ko`ra, mazkur yangi mutasiya hozircha Er yuzi aholisi salomatligi uchun global darajada xavf tug`dirmayotgan bo`lsa-da, uning dunyo bo`ylab keng tarqalishi kasallanishlar soni keskin o`sishiga olib kelishi mumkin.

 Shu bois COVID-19ga qarshi emlash ishlarini davom ettirish lozimligi xususida hukumatlarga tavsiya berildi.

Eslatib o`tamiz, “omikron” shtammining subvarianti hisoblangan EG.5 burun oqishi, bosh va tomoq og`rig`i, aksirish hamda holsizlik kabi alomatlar bilan namoyon bo`lmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar