AsosiyJamiyat

Sirdaryoda adliya xodimi 1,2 mln so`m bilan qo`lga tushdi

'Sirdaryoda adliya xodimi 1,2 mln so`m bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Sirdaryo tuman adliya bo`limi markaz sho``ba boshlig`i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo  viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo tuman adliya bo`limi Davlat xizmatlari markazi sho``ba boshlig`i M.B. fuqaro Sh.U.ning ishonchiga kirib, unga 1,4 mln so`m evaziga yashash xonadoni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 1,2 mln so`mni tanishi N.S.ning plastik kartasiga o`tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar