AsosiyJamiyat

Namanganda xususiy bog`cha oshpazi tarbiyalanuvchilarni o`zaro urishtirgani uchun ishdan olindi (video)

'Namanganda xususiy bog`cha oshpazi tarbiyalanuvchilarni o`zaro urishtirgani uchun ishdan olindi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati Chust tumanidagi bog`chada tarbiyachini bolalarga o`rgatayotgan hunarini qarang” mazmunidagi video tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat bo`yicha rasmiy munosabat bilan chiqdi. 

Ma`lum qilinishicha, Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi Chust tuman bo`limi mutaxassislari hamda tuman hokimligi huzuridagi Bolalar huquqlari bo`yicha vakil, shuningdek, tuman IIB nozirlari ishtirokida tuzilgan tezkor komissiya voqea tafsilotlariga aniqlik kiritdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat 2023 yilning 27 iyul kuni Chust shahridagi "Baby land" xususiy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotida sodir bo`lgan.

Tashkilotning oshpaz xodimasi S. G. guruhga ruxsatsiz kirib, tarbiyalanuvchilar bilan hazil maqomida sodir etgan xatti-harakatini tasvirga tushirgan. Keyinchalik o`zining ehtiyotsizligi bilan ushbu video savdo targ`ibiga mo`ljallangan telegram kanali orqali tarqalgan.  

Yuz bergan holat yuzasidan oshpaz xodima S.G bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, vazifasidan ozod etilgan.

O`rganuv davomida videolavhada aks etgan tarbiyalanuvchilar sog`ligidan shikoyat va ularning ota-onalari tomonidan e`tiroz qayd etilmagan.

    Boshqa yangiliklar