Prezidentning tegishli qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori Alisher Kayumovich Shadmanov O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
A. Shadmanov 1962 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan. 1985 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2009-2010 yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining o`quv ishlari bo`yicha prorektori, 2010-2015 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimlarida mehnat qilgan.
2015-2017 yillarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati, qo`mita raisi bo`lgan. 2017-2020 yillarda Sog`liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor A. Shadmanov 2020 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida faoliyat ko`rsatib kelmoqda.






