AsosiyJamiyat

Nogironlik nafaqasi kimlarga tayinlanadi?

'Nogironlik nafaqasi kimlarga tayinlanadi?'ning rasmi

Nogironlik nafaqasi yoshidan qat`i nazar, ish stajiga ega bo`lmagan, I yoki II guruh nogironligi bo`lgan shaxs deb topilganlarga tayinlanadi. Bu haqda Pensiya jamg`armasi ma`lumot berdi. 

Qayd etilishicha, 18 yoshgacha bo`lgan nogironligi bor bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Pensiya jamg`armasining “Pensiya” axborot tizimiga yuborilgan elektron ma`lumotlari asosida “proaktiv shakl”da tayinlanadi.

Nogironlik, boquvchisini yo`qotganlik va yoshga doir nafaqalar davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda, Sog`liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi, Adliya vazirligi hamda Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Pensiya jamg`armasining “Pensiya” axborot tizimiga yuborilgan elektron ma`lumotlar asosida tayinlanadi, — deyiladi manba ma`lumotida.

Hozirda I guruh nogironlik nafaqasi miqdori 833 750 so`mni, II guruh nogironlik nafaqasi miqdori 747 000 so`mni tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar