AsosiyJamiyat

Farg`onada erkak "Elektroset"ga borib ayolining hamkasbini do`pposladi (video)

'Farg`onada erkak "Elektroset"ga borib ayolining hamkasbini do`pposladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Farg`ona viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi binosiga bir necha shaxslar bostirib kirib, korxona xodimiga tan jarohati etkazganligi haqidagi videoxabar tarqaldi. 

Viloyat IIB holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 7 avgust kuni korxonaning kadrlar bo`limi boshlig`i U.M. korxona hisobchisi N.X.ga qo`ng`iroq qilib, ishga kelmaganligi yuzasidan suhbatlashish jarayonida uning turmush o`rtog`i X.N. bilan o`zaro janjallashib ketgan. X.N turmush o`rtog`i hamda 2 nafar tanishlari bilan korxonaga kelib, U.M.ni qo`llari bilan urib, unga tan jarohati etkazgan. Shuningdek, uning boshqaruvidagi avtomashina oynasini sindirib tashlagan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida U.M. da yopiq kalla miya jarohati, bosh miya chayqalishi, o`ng peshona sohasida lat yara, o`ng ko`z qovoqlarida qontalash, pastki lab o`ng tomonida lat yara, chap quloq suprasi orqa yuzasida qontalash, pastki jag` o`ng iyak sohasida qontalashlar aniqlanib, ushbu tan jarohatlari sog`liqni 6 kundan ko`p ammo 21 kundan kam bo`lgan muddatga buzilishiga olib keluvchi engil shikastlar toifasiga kirishligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan X.N.ga nisbatan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar