AsosiyJamiyat

Surxondaryoda kasal ayol tergovga olib ketilgani aytilmoqda

'Surxondaryoda kasal ayol tergovga olib ketilgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Boysun tumani prokurori kasalxonada yotgan ayolni so`roqqa chaqirdi» nomli video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi. 

Aniqlanishicha, Tez tibbiy yordam Boysun tumani bo`limi sobiq boshlig`i K.A. va katta hamshira G.R. 2019-2022 yillarda o`zlarining ixtiyorida bo`lgan jami 220,7 mln. so`m ish haqini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari holati yuzasidan 10.06.2023 yilda IJQKD tuman bo`limi tomonidan ularga nisbatan O`zbekiton Respublikasi JKning 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi hamda 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

O`tkazilgan dastlabki tergov jarayonida jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan G.R. sog`ligi yomonlashganligini ro`kach qilganligi sababli 03.08.2023 yil soat 15-30da tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Shu kuni birlashmaning reanimasiya bo`limi boshlig`i vrach-reanimatolog tomonidan G.R.ga neyroz sirkulyator distoniya aralash turi hamda astenonevrotik sindromi kabi tashxislari qo`yilib, uning umumiy ahvoli qoniqarli deb topilgan.

Shu kabi, 04.08.2023 yilda Surxondaryo viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi vrach-nevropotologi tomonidan G.R.ga ko`rikdan o`tkazilib, uning umumiy ahvoli qoniqarli deb topilgan va unda biror-bir potologik reflekslar kasalligi aniqlanmagan. 05.08.2023 yil soat 16:45da G.R.ning sog`ligi qoniqarli bo`lganligi sababli uyiga javob berilgan.

Tergov davomida, jinoyat ishi bo`yicha etkazilgan zarar to`liq  qoplanganligi sababli ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilmagan.

G.R.ning kasal holida so`roq qilish tergov harakatiga jalb etish uchun  tuman prokuraturasiga olib borilgani holati rad etildi.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar