Joriy yilning 10 avgust kuni soat 16:20 larda Uchtepa tumani THAY — Poygoh ko`chalari kesishmasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 1963 yilda tug`ilgan A.T. boshqaruvida bo`lgan Yutong rusumli avtobusi hamda 1989 yilda tug`ilgan R.B. boshqaruvida bo`lgan Spark rusumli avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo`q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






