Joriy yilning olti oyida 15 150 nafar ziyoratchi haj amalini, 34 mingdan ortiq ziyoratchi umra amalini ado etdi. Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Din ishlari bo`yicha qo`mita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma`rupov ma`lum qildi.
Joriy yilning o`tgan davri mobaynida yurtimizdan etishib chiqqan allomalarning 51 ta asari xalqchil tarjima qilindi. Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, hududlarda 6 ta yangi diniy tashkilot o`z faoliyatini boshladi.
Shuningdek, 7 ta diniy tashkilotda tubdan qayta qurish, 18 tasida ta`mirlash ishlari yakunlandi, 250 ta binoda qurilish-ta`mirlash ishlari davom etmoqda.
Reabilitasiya qilish va ijtimoiy moslashtirishga muhtoj bo`lgan 6 mingdan ziyod shaxslar va ularning oila a`zolari bilan 5 mingga yaqin profilaktik tadbir o`tkazildi, deyiladi xabarda.






