Davlat raqami belgilarini berish uchun to`lov miqdorlari o`zgarmoqda, deya yozmoqda huquqshunos-bloger Xushnudbek Xudoyberdiev.
Unga ko`ra, 2023 yil 1 noyabrdan davlat raqami belgilari berganlik uchun to`lov miqdorlari quyidagicha bo`ladi:
1. Avtotransport vositalariga ro`yxatdan o`tkazish davlat raqami belgilari (RO`DRB) uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
2. Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga (yarim tirkamalar) RO`DRB uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravarimiqdorida;
3. Tranzit RO`DRB uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida;
4. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO`DRB o`rniga yangi RO`DRB berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari miqdorida;
5. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO`DRB o`rniga yangi RO`DRB berish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1,75 baravari miqdorida.
Davlat raqami belgilarini berish uchun to`lov miqdorlari 2011 yildan buyon o`zgarmagandi.






