AsosiyDunyo

Qirg`izistonda davlat tilida efir olib bormagan telekanallar jarimaga tortildi

'Qirg`izistonda davlat tilida efir olib bormagan telekanallar jarimaga tortildi'ning rasmi

Tekshiruv davomida ikkita — “312 KINO” va “312 TV” telekanallari Qirg`iziston Respublikasining “Televidenie va radioeshittirish to`g`risida”gi qonuniga rioya qilmagani aniqlandi. Qonunga ko`ra, teleko`rsatuvlarning kamida 60 foizi (jumladan, soat 07:00 dan 10:00 gacha va 18:00 dan 23:00 gacha efirga uzatiladigan dasturlar) davlat tilida bo`lishi shart. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur telekanallarning har biri 23 ming som (2,87 million so`m) miqdorida jarimaga tortilgan.

Ma`lumot o`rnida, Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov 17 iyul kuni “Qirg`iziston Respublikasining davlat tili to`g`risida”gi konstitusiyaviy qonunni imzolagan edi. Unda davlat xizmatchilari va yana qator soha vakillari uchun qirg`iz tilini bilish majburiy etib qo`yilgan. Xususan, teleradiokompaniyalar, shu jumladan, xususiy kompaniyalar o`z ko`rsatuvlarining kamida 60 foizini qirg`iz tilida ko`rsatishi shart, deb belgilangan.

    Boshqa yangiliklar