AsosiyJamiyat

Qo`yliq bozorida mast fuqaro PPX xodimining bel sohasiga otvyortka tiqib oldi

'Qo`yliq bozorida mast fuqaro PPX xodimining bel sohasiga otvyortka tiqib oldi'ning rasmi

Joriy yilning 5 avgust kuni Qo`yliq bozorida Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimi mast holatda skuterda bozor bo`ylab harakatlanayotgan fuqaroni to`xtatgan vaqtda fuqaro PPX xodimining qonuniy talabiga agressiv munosabatda bo`lib, yonida bo`lgan otvyortka bilan xodimning bel sohasiga urib voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Milliy gvardiya Axborot xizmati xabar berdi.

Qo`yliq bozori hududida jamoat tartibini ta`minlashga mas`ul bo`lgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi voqeadan xabar topib, darhol ushbu shaxsni qo`lga olish choralarini ko`rgan.

Bir necha daqiqadan so`ng, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi gumonlanuvchi fuqaroni qo`l jangi uslubi bilan qurolsizlantirgan holda qo`lga olgan va Bektemir tumanining 4-sonli IIB bo`limiga olib borib topshirgan.

Dastlabki surishtiruv davomida ushbu shaxs Samarqand viloyatida tug`ilgan 47 yoshli fuqaro A.R. ekanligi, ilgari og`ir va o`ta og`ir jinoyat sodir etganligi uchun bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgani va 2016 yilda ozodlikka chiqqanligi ma`lum bo`lgan.

Ushbu holat bo`yicha IIO tomonidan JKning 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Fuqaro A.R. gumonlanuvchi sifatida prosessual tarzda hibsga olingan. Jabrlangan xodim hozirda shifoxonada, shifokorlar uning ahvolini qoniqarli deb baholamoqda.

    Boshqa yangiliklar