“Advokatura to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 3-1-moddasiga o`zgartirish kiritish haqida”gi qonun (O`RQ–862, 09.08.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda.
Qonunga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra:
Advokat maqomiga ega bo`lishga talabgor shaxs lisenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay`atida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka o`tashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilandi.
Ilgari: talabgor shaxs yuridik mutaxassislik bo`yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo`lish lozim edi.
Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






