AsosiyJamiyat

Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi Tehrondan Toshkentga muntazam reyslarni yo`lga qo`yadi

'Eronning Qeshm Air aviakompaniyasi Tehrondan Toshkentga muntazam reyslarni yo`lga qo`yadi'ning rasmi

9 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:55da Eronning Qeshm Air aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo`ndi. 

Tehron — Toshkent — Tehron yo`nalishida parvoz qilgan Aibus A320 rusumli samolyot an`anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.

Reyslar haftasiga bir marta — chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qeshm Air — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi bo`lib, 1993 yilda tashkil etilgan hamda mahalliy va xalqaro yo`lovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar