Bugun, 9 avgust kuni soat 14:01 da Surxondaryo viloyati Termiz tumani, “Bunyodkor” MFYda joylashgan “Farg`ona azot” AJga qarashli omborxonalarning birida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVB xabar tushgan.
Shunga ko`ra, 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:10 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:15 da qurshab olingan va soat 15:20 da o`chirilgan.
Yong`in natijasida taxminan 70-80 kv.m maydonda omborxonaning ichida bo`lgan ko`mir mahsuloti yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan.
"Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda" deyiladi xabarda.
09.08.2023 16:18
Surxondaryodagi omborda yirik yong`in sodir bo`ldi (video)






