Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yil yanvar-iyun oylarida O`zbekistonda barcha toifadagi xo`jaliklar tomonidan 5,4 mln tonna donli ekinlar etishtirilgan.
Bu ko`rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 7,3 %ga oshgan.
Don ekinlarini etishtirish bo`yicha hududlar o`rtasida peshqadamlikni Farg`ona viloyati egalladi. Uning, don ekinlari umumiy hajmidagi ulushi 12 %dan oshgan.
Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Surxondaryo (11,8 %), Qashqadaryo (11,3 %), Andijon (9,0 %), Samarqand (8,3 %) va Jizzax (8,2 %) viloyatlarida qayd etilgan.
Umumiy hajmdagi past ulush, Qoraqalpog`iston Respublikasi (2,1 %) va Navoiy viloyati (3,6 %) da kuzatildi.
09.08.2023 16:12
Joriy yilgi mavsumda necha tonna donli ekinlar etishtirilgani ma`lum qilindi






