Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilishi munosabati bilan 2023 yil 10 avgust kuni Toshkentning ikki tumanidagi ayrim hududlar tabiiy gaz ta`minotidan vaqtincha uziladi. Bu haqda “Hududgazta`minot” AJ ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 14:00dan 17:00gacha Bektemir tumanining Musaffo va Sohil mahallalaridagi 383 ta aholi iste`molchilari va 12 ta ulgurji iste`molchilarga, 11:00dan 17:00gacha esa Sergeli tumanining Nomdanak, Keng makon va Qo`shqo`rg`on mahallalaridagi 550 ta aholi iste`molchilari va 16 ta ulgurji iste`molchilarga tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi.






