AsosiyJamiyat

Uchta hududda kredit mablag`larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

'Uchta hududda kredit mablag`larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.B.” va “M.M.” MChJ mas`ul shaxslari o`zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan “T.V.” MChJga dori vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan uskunalarni sotib olish maqsadida ajratilgan 2,3 mlrd so`m kreditni “M.M.” MChJga o`tkazish orqali o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Xuddi shunday, Departamentning Xo`jaobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.T.” xususiy firmasi rahbari A.A., yakka tartibdagi tadbirkorlar “T.T.” va “T.P.” bilan o`zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan xususiy firmaga mebel ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish maqsadida uskuna hamda hom-ashyo mahsulotlarini sotib olish uchun ajratilgan 610 mln so`m kreditni YaTT “T.T.” va “T.P.” hisob raqamlariga o`tkazib, mebel ishlab chiqarish faoliyatini yo`lga qo`ymasdan, rasmiy hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritish orqali ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari.

Shu kabi, Departamentning Qo`rg`ontepa tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “E.V.” MChJ rahbari M.M. va boshqalar tijorat banki filialidan 4 nafar fuqaroning bandligini ta`minlash maqsadida jami 125,6 mln so`m kredit ajratilishiga erishib, amalda ularga tikuv dastgohlari etkazib bermasdan, ushbu mablag`larni naqdlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar