AsosiyJamiyat

Toshloq tumani IIB xodimlari murojaatchini ayovsiz kaltaklashgani aytildi (video)

'Toshloq tumani IIB xodimlari murojaatchini ayovsiz kaltaklashgani aytildi  (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Muzaffar Turg`unov o`ziga Toshloq tumani IIB xodimlari tomonidan tan jarohati etkazilganligi to`g`risida videoxabar tarqatdi.  

Viloyat IIBning ma`lum qilishicha, ushbu fuqaro er maydoni payxon qilinganligi bo`yicha murojaati yuzasidan idoraga chaqirtirilganda, profilaktika inspektorlaridan asossiz norozi bo`lib, baqir-chaqir qilib, haqoratli so`zlar bilan so`ka boshlagan.

Xodimlar uni tinchlantirish maqsadida xizmat xonasiga olib kirishgan va suhbat o`tkazishgach, uyiga javob berishgan. Shunday bo`lsada, u ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg`on xabarlarni tarqatgan. Hozirda IIB xodimlari o`zlariga qilingan to`hmat bo`yicha tegishli organlarga murojaat qilishgan. Xodimlarga nisbatan esa xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar