AsosiyDunyo

JSST Hindistonning yana bir yo`talga qarshi siropi haqida ogohlantirmoqda

'JSST Hindistonning yana bir yo`talga qarshi siropi haqida ogohlantirmoqda'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) dushanba kuni Iroqda sotilayotgan Hindistonda ishlab chiqarilgan "Cold Out" deb nomlangan yo`tal siropi haqida global ogohlantirish e`lon qildi. 

“Mahsulotning sifatsiz partiyasi xavfsiz emas va undan foydalanish, ayniqsa, bolalarda, jiddiy shikastlanish yoki o`limga olib kelishi mumkin”, — deyiladi ogohlantirishda.

Bu oxirgi 10 oy ichida Hindiston farmasevtika ishlab chiqaruvchilariga qarshi beshinchi shunday ogohlantirishdir.

JSST ma`lumotlariga ko`ra, sirop  Fourrts (Hindiston) Laboratories tomonidan Dabilife Pharma uchun ishlab chiqarilgan va uning tarkibida zararli moddalar me`yoridan yuqori.

Biroq, kompaniya vise-prezidenti Bala Surendran dori ishlab chiqarish boshqa kompaniyaga subpudrat tomonidan berilgani va uning kompaniyasi ular ko`rib chiqqan namunada hech qanday toksin topmaganini aytgan.

JSST siropning "toksik ta`siri" ni "qorin og`rig`i, qusish, diareya, siydik chiqara olmaslik, bosh og`rig`i, ruhiy holatning o`zgarishi va o`limga olib keladigan o`tkir buyrak shikastlanishi" sifatida qayd etdi.

Hindiston Sog`liqni saqlash vazirligi dori Iroqda o`tkazilgan alohida sinovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, mahsulotlar bozordan musodara qilinayotganini e`lon qilgan.

O`tgan yili Hindistondagi Maiden Pharmaceuticals tomonidan ishlab chiqarilgan yo`tal siroplari Gambiya va O`zbekistonda kamida 89 bolaning o`limiga sabab bo`lgan edi.

Hindiston rasmiylari, shuningdek, Riemann Labs tomonidan ishlab chiqarilgan yo`tal siropida Kamerundagi bolalar o`limi bilan bog`liq bo`lgan toksinlarni topishdi.

 

    Boshqa yangiliklar