AsosiyJamiyat

Turk kompaniyasi raisi Prezidentni 5 milliard dollardan ziyod bo`lgan yangi loyihalari bilan tanishtirdi

'Turk kompaniyasi raisi Prezidentni 5 milliard dollardan ziyod bo`lgan yangi loyihalari bilan tanishtirdi'ning rasmi

Prezident 8 avgust kuni Turkiyaning "Cengiz Holding" kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuvda o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizasiya qilish bo`yicha qo`shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

Ta`kidlash joizki, Turkiyaning etakchi ko`p tarmoqli xoldingi ishtirokida O`zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi – Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirildi.

Uchrashuv chog`ida davlatimiz rahbariga ushbu energetika ob`ektlarining ko`rsatkichlari to`g`risida batafsil axborot berildi.  

Bundan tashqari, Prezidentimiz Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ziyod bo`lgan yana bir elektr stansiya qurilishiga start berdi.

"Cengiz Holding" kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bo`lgan yangi loyihalarni amalga oshirish rejalari taqdimot qilindi.

Avtomobil yo`llari va tunnellarni modernizasiya qilish va qurish, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish va istiqbolli foydali qazilma konlarini o`zlashtirish, energetika infratuzilmasini davlat-xususiy sheriklik shartlarida boshqarish shunday loyihalar jumlasidan.

O`zbekiston etakchisi turkiyalik investor ishtirokidagi istiqbolli loyihalarni tez fursatda tayyorlash va to`liq amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar