AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yuz berayotgan yong`inlarning kelib chiqish sabablari ma`lum qilindi

'O`zbekistonda yuz berayotgan yong`inlarning kelib chiqish sabablari ma`lum qilindi'ning rasmi

O`tgan olti oyda respublikadagi yong`inlarning 9 foizi bolalarning olov bilan o`ynashi  7 foiz chekib uxlab qolish oqibatida kelib chiqqan.  Bu haqda AOKAda FVV rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Shuningdek, 40 foiz elektr uskunalaridan noto`g`ri foydalanish, 23 foiz olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 14 foiz isitish pechlari va gaz uskunalarini o`rnatish, ulardan foydalanishda yong`in xavfsizligi talablariga rioya etilmasligi, 5 foiz transport vositalaridan foydalanish va tuzilish qoidalarini buzilishidan, 2 foizi texnologik hodisalardan va texnologik jarayonning buzilishidan hamda boshqa sabablarga ko`ra yong`inlar sodir bo`lgan.

Davlat yong`in nazorati sohasida ob`ektlarda 38 863 ta rejali, 4 118 ta nazorat tartibida, 55 508 ta tezkor tekshirish va 4 886 ta profilaktik ko`rik o`tkazildi. Shuningdek, 1 mln. 188 297 ta yakka tartibdagi uy-joy, 26 157 ta ko`p qavatli uydagi 703 544 ta xonadon o`rganildi.

Yong`in-qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibi tomonidan 13 mln. 606 674 ta aholi yashash uylarida uy egalariga yong`in xavfsizligi bo`yicha yo`l-yo`riq berildi.

    Boshqa yangiliklar