Bugun, 8 avgust kuni Toshkent shahri Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Olmazor massivida issiqlik magistralidagi nosozliklarni bartaraf etish maqsadida ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli bugun, 8 avgust kuni quyidagi manzillarda issiq suv ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi:
• Olmazor tumani: Shimoliy Olmazor, Sebzor, Jomiy, Taxtapul va O.Bobojonov ko`chasi – jami 98 ta ob`ekt.
• Shayxontohur tumani: S-12 va S-15 massivlari, Zulfiyaxonim ko`chasi – jami 84 ta ob`ekt.
“Avariyaviy ishlar soat 21:00 ga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan bo`lib, issiq suv ta`minoti bosqichma-bosqich tiklanadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, poytaxt aholisini issiq suv bilan ta`minlovchi mas`ul kompaniya yuqoridagi manzillarda yashovchi fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so`ragan.






