AsosiyJamiyat

⚡️ So`nggi 6 oyda 78,5 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan

'⚡️ So`nggi 6 oyda 78,5 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari  Hasan Toshxo`jaev O`zbekiston yoqilg`i-energetika tarmog`ida amalga oshirilgan ishlar haqida ma`lumot berdi:

Tahlillarga ko`ra, yanvar-iyun oylarida mamlakatimizda 438,7 ming tonna suyultirilgan gaz, 649,6 ming tonna avtobenzin, 536,7 ming tonna dizel yoqilg`isi, 78,4 ming tonna mazut, 197,8 ming tonna polietilen va 38,1 ming tonna polipropilen ishlab chiqarildi.

O`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 2 695 ta iste`molchi tomonidan jami 242 mln 213 ming kubometr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida gaz ta`minoti korxonalariga etkazilgan zarar miqdori 231 mlrd 866 mln so`mni tashkil qilmoqda.

Joriy yilning o`tgan davrida iste`molchilarga elektr energiyasi etkazib berish sifatini yaxshilash maqsadida respublika miqyosida 748 ta transformator punkti almashtirildi, 7 ming 548 ta transformator punkti ta`mirdan chiqarildi. 

Yanvar-iyul oylarida iste`molchilarga 12 mlrd 146 mln kilovatt-soat elektr energiyasi etkazib berildi. Bu o`tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1 mlrd 100 mln kilovatt-soat yoki 9,6 foiz ko`p.

    Boshqa yangiliklar