AsosiyJamiyat

Buxoroda sof quyma oltin bo`laklarini sotayotganlar ushlandi

'Buxoroda sof quyma oltin bo`laklarini sotayotganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.R., J.N. va F.O`. Shofirkon tumani hududida jami 437,3 gramm bo`lgan 4 dona sof quyma oltin bo`laklarini fuqarolar R.Sh., F.Sh.ga 7 ming AQSh dollari va 300 mln so`mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar