AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda “Yoshlar turizmi” xalqaro II qurultoyi boshlandi

'Qashqadaryoda “Yoshlar turizmi” xalqaro II qurultoyi boshlandi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 7-11 avgust kunlari Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar sog`lomlashtirish oromgohida “Yoshlar turizmi” xalqaro II qurultoyi o`tkaziladi. Darakchi.uz muxbiri ham qurultoyda ishtirok etmoqda.

Qurultoy doirasida ommaviy axborot vositalari matbuot anjumani o`tkazildi va qurultoy haqida ma`lumot berildi.

Ma`lum qilinishicha, Madaniyat va turizm vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida press-tur tashkil etiladi. Unda 30 dan ortiq jurnalist va blogerlar, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Shuningdek, Qashqadaryo bilan birodarlashgan viloyatlar va shaharlar delegasiyalari ham qurultoyga taklif etilgan. Ular qatorida MDHga a`zo Tojikiston, Qirg`iziston, Qozoqiston, Turkmaniston kabi davlatlarning yoshlari ham bor.

Xalqaro qurultoyda yurtimizning har bir hududidan 50 dan ortiq iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan nogironligi bo`lgan hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o`quvchi, talaba va yoshlar ham jalb qilingan.

Besh kun davomida mehmonlarni ajoyib va betakror tadbirlar kutib turibdi. Qurultoy doirasida tanlov, musobaqa, taqdimot, uchrashuv, aksiya, loyiha hamda kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari bo`yicha sport musobaqalari, madaniy-ko`ngilochar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo`yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari, mamlakatimizdagi Elchixona konsullari bilan qurultoy ishtirokchilarining uchrashuvlari kabi bir qator tadbirlar shular jumlasidan.

Yakunida faol ishtirok etgan guruhlar va hudud jamoalari vakillari faxriy yorliq hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishi ko`zda tutilgan. Shu bilan birga, qurultoy ishtirokchilarining har biriga Madaniyat va turizm vazirligining maxsus sertifikati topshiriladi.

Yoshlar turizmi xalqaro qurultoyi doirasida:

“Do`stlik kechasi” va “Do`stlik gulxani” tadbirlari;

“Tug`ilgan kun” va “Yulduzlar tashrifi” loyihalari;

“Eng yaxshi turizm loyihasi” tanlovi;

“Turizm spartakiadasi” musobaqasi;

“Turizm-kvest” va “Zakovat” intellektual o`yini;

“Biz, bir jamoamiz” mavzusida hududlarning taqdimotlari;

Yosh turizm elchilari Kengashi a`zoligiga saylovlar;

Milliy va etnosport turlari bo`yicha sport musobaqalari, yuqori natijalarga erishgan hamda yoshlarga o`rnak ko`rsatadigan sportchilar va murabbiylar ishtirokida “mahorat darsi”;

“Xazrati Bashir ota” maqbarasi hamda Shaxrisabz tumanidagi Oqsaroy me`moriy yodgorligi bo`ylab sayohat;

Yagona tizim ishlab chiqish muhokamasi va qabul qilinishi, yillik faoliyatning yagona tizimi bo`yicha umumiy yig`ilish;

Qurultoyning tantanali ochilish va yopilish marosimlari o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar