AsosiyJamiyat

Xalqaro qidiruvga berilgan jinoyatchi Misrdan O`zbekistonga ekstradisiya qilindi

'Xalqaro qidiruvga berilgan jinoyatchi Misrdan O`zbekistonga ekstradisiya qilindi'ning rasmi

Interpolning O`zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan ilk bor Misrdan diniy ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etgani uchun xalqaro qidiruvda bo`lgan jinoyatchi ekstradisiya qilindi. Bu haqda Interpolning O`zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Interpol MMB xodimlari hamrohligida O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol kanallari orqali qidiruvda bo`lgan o`zbekistonlikni ekstradisiya qildi.

Interpolning Toshkent va Qohiradagi Milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtiruvchi chorasi natijasida, Interpol Bosh kotibiyati tomonidan o`tkazilayotgan xalqaro uchrashuvlar doirasida byurolar rahbarlari o`rtasida rivojlangan ikki tomonlama aloqalar hamda Interpolning bevosita yordami tufayli Misr polisiyasi, jinoyatchining Misr Arab Respublikasidan O`zbekiston Respublikasiga ekstradisiya qilinishi birinchi marta amalga oshirildi.

Mazkur shaxs islom universitetida tahsil olish maqsadida Misrga borgan va yashirin yig`ilishlarda qatnasha boshlagan, keyinchalik esa diniy ekstremistik oqimga a`zo bo`lgan. U erda o`z tarafdorlarini ko`paytirish maqsadida fundamentalizm g`oyalarini targ`ib etib, islom diniga qiziquvchi va Qohiraga o`qish uchun kelganlar orasida targ`ibot ishlarini olib borgan. Shu bois unga nisbatan ayb e`lon qilinib, u xalqaro qidiruvga berildi.

Kelib tushgan ma`lumotlarga ko`ra, jinoyatchi Misrda yashiringan va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qo`lga olingan. Interpolning Toshkent va Qohiradagi Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari bilan jinoyatchi Misrdan O`zbekistonga ekstradisiya qilindi va endilikda u sodir etgan jinoyati uchun javob berishiga to`g`ri keladi.

 

    Boshqa yangiliklar